Hafta oxirlariga kelib ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin — Oʻzgidromet

    Dam olish kunlari kuzatilgan yomgʻirli va salqin ob-havodan soʻng 20-22-may kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo boʻladi.

    Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

    23-24-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

    Ushbu kunlarda harorat koʻtariladi va haftaning oʻrtasiga kelib +24...+29 daraja, janubda +30...+32 darajaga yetadi.

    22-23-may kunlari choʻl hududlarda, 24-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda 20-24-may kunlar vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

    Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +22...+24 daraja boʻladi.

    21-22-mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. 23-mayda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat asosan kechalari +14...+17 daraja, kunduz kunlari +25...+27 daraja boʻladi.