Ayniqsa bugun kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning taʼsiri sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja boʻldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.

Ikki kun davomida respublikamiz hududi antitsiklon taʼsirida boʻladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9-sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12-sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos boʻlgan iqlimiy meʼyordan 3-6 darajaga pastdir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.