12-noyabr kuni ob-havo sharoiti yana oʻzgaradi. Volga boʻyidan sovuq antitsiklon yana respublikaga kirib keladi. Oʻzbekiston hududining baʼzi joylarida yomgʻir, togʻli hududlarda qor yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi.

Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yomgʻir davomida kunduzi harorat 8-13 darajagacha pasayadi, bu oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-5 darajaga pastdir.

13-noyabr kuni yomgʻir faqat Fargʻona vodiysi hududlarida kuzatiladi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq atrofida boʻladi, bu ham oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar meʼyoridan past, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.