Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 25-30° atrofida, yomgʻir paytida 20-25° boʻladi.
19-20-aprel kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlariga siklon taʼsiri tarqaladi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20-aprelda 28-23° ni tashkil etadi.
18 va 19-aprelda baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin boʻladi, 22-aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28° gacha koʻtariladi.
18-21-aprelda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.