Ushbu haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 24-25-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va 25-sentyabrda Xorazm viloyatida baʼzi joylarda asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
26-27-sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26-sentyabrda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25-sentyabrda shimolda va choʻl hududlarda, 26-sentyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 26-sentyabrda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Harorat asosan kechalari +14...+17 daraja, kunduz kunlari 23-25-sentyabrda +28...+31 daraja, 26-27-sentyabrda +24...+27 daraja boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 25-26-sentyabrda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.