Haftaning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik kutiladi

    Mamlakatimizda 18 Mart 2024 739

    Bugun va ertaga respublikaning koʻpchilik viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

    Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18-martda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida baʼzi joylarda 19-martda yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqacha, janubda 25-28 daraja iliqqacha boʻladi.

    20-22-mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 20-21-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Havo harorati 20-martda 15-20 daraja iliq boʻladi, 21-22-martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

    Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-martda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

    Poytaxtimizda: 18-19-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 20-22-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,

    21-martda 15-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22 daraja iliq; 20-martda 17-19 daraja iliq boʻladi; 21-22-martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.