баннер
25 Apr 2025
22:27

    Haftaning ikkinchi yarmidan harorat pasayib, yomgʻir yogʻadi

    Bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga 15-aprel kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Ushbu kunlarda havo harorati 24-29 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 32-37 darajagacha boʻladi.

    16-aprelda respublikaning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-aprel kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida

    16-aprelda 20-25 daraja, 17-aprelda 18-23o, 18-aprelda 16-21o boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi,

    17-18-aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. 14-18-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 25-28 daraja boʻladi. 16-aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 23-25 daraja boʻladi.

    17-18-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Harorat asta-sekin 17-20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech