Hafа boshida havo harorati biroz pasayadi

    Oʻzgidromet tomonidan 29-31-iyul kungi ob-havo maʼlumotlari taqdim etildi.

    Maʼlumotga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi; havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, 29-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-31-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda 20-25°, 30-31-iyulda 18-23°, kunduzi 29-iyulda 28-33°,

    30-31-iyulda 34-39° gacha koʻtariladi.

    Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi; yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Harorat kechasi 29-iyulda 20-25°, 30-31-iyulda 18-23°, kunduzi 29-iyulda 28-33°, 30-31-iyulda 34-39° gacha koʻtariladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-30-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-iyulda 25-30°, 31-iyulda 22-37°,kunduzi 29-iyulda 34-39°, 30-iyulda 36-41°, 31-iyulda 36-41° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 29-iyulda 36-41°, 30-31-iyulda 34-39° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 29-iyulda 38-43°, baʼzi joylarda 45° gacha, 30-31-iyulda 36-41° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 29-iyulda 36-41°, 30-31-iyulda 34-39° boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 29-30-iyulda 27-32°, 31-iyulda 24-39° gacha boʻladi.