Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, talabgor 2 xil usulda, yaʼni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.
Mazkur portal fuqarolarga uydan chiqmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi byurokratik jarayonlarsiz roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi. Loyiha haj va umra safarlarini tashkil etishda qulaylik, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan.









