Yurtimizda joriy yilning 23-may kunidan haj mavsumi boshlanishi eʼlon qilindi.
Taʼkidlanishicha, avvalgi haj mavsumida ayrim fuqarolar sud va boshqa organ hujjatlariga muvofiq, belgilangan qarzdorlikning oʻz vaqtida toʻlanmagani, Respublika hududida chiqish huquqi cheklangani oqibatida ortiqcha ovoragarchilikka uchragan.
Shuning uchun MIB safar oldidan mib.uz rasmiy saytining “Respublikadan chiqishga cheklov” sahifasi yoki MIB.UZ mobil ilovasi ( Play Market dan yuklab olish mumkin) orqali oʻzlariga nisbatan cheklov bor-yoʻqligi tekshirib olshni soʻradi.
Maʼlumot uchun: ushbu sahifalardagi “Qarzdorlikni tekshirish” va “Respublikadan chiqishga cheklov” ruknlari orqali bir zumda oʻzingizga nisbatan qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yoʻqligini bilib olishingiz hamda qarzdorlikni elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Eʼtiborli boʻling va yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalaning. Biz haj safaringiz, koʻngildagidek va xotirjam boʻlishi tarafdorimiz”, deyiladi xabarda.