Hakamlar endi VAR qarorlarini muxlislarga tushuntirib beradi

    Bu tajriba klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida sinab koʻriladi

    Maʼlumki, shu yilning 1-11-fevral kunlari Marokashda klublar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. FIFA unda hakamlar faoliyatiga yangilik kiritishni rejalashtirmoqda.

    BBC jurnalisti Saymon Stoun xabariga qaraganda, ushbu turnirdan boshlab FIFA homiyligida oʻtadigan musobaqalarda hakamlar VAR qarorlarini teletomoshabinlar va stadiondagi ishqibozlarga tushuntirib beradi.

    Bu amaliyot oʻzini oqlasa, yoshlar va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida ham qoʻllaniladi.