Xabarda aytilishicha, u oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 AQSH dollari talab qilgan. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 AQSH dollarini “avans” tariqasida olgan.
Ammo bergan vaʼdasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablagʻidan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (koʻp miqdorda firibgarlik)va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi (koʻp miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









