Xorijlik murabbiylarni viloyat ijod maktabi direktori Muhammad Ismoil hamda mahalliy hokimiyat va mutasaddi tashkilotlar vakillari yangi ish joylari bilan tanishtirdi. Mehmonlar ijod maktabining koʻrkamligi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan hayratlanganliklarini, sirdaryolik yoshlarga bilim berishdan mamnun ekanliklarini taʼkidladilar. Ayniqsa, bu yerdagi ijodiy muhit, oʻgʻil-qizlarning ilmga nechogʻlik tashna ekanliklari xorijiy pedagoglarda chuqur taassurot uygʻotdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.
— Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 2019-yilda faoliyat boshlagan, – deydi ijod maktabi direktori Muhammad Ismoil. – Shu kungacha maktabimiz oʻquvchilari turli yoʻnalishlarda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritib kelyapti. Endilikda oʻgʻil-qizlarimiz chet ellik ustozlaridan ingliz tilidan yanada mukammal saboq oladi.
Mazkur bilim maskanida ayni paytda 147 nafar oʻquvchi taʼlim oladi.








