Mazkur ochiq turnirda mamlakatimiz hududlaridan tashrif buyurgan 14 yoshgacha boʻlgan 60 nafardan ortiq blis-shaxmat oʻynash tajribasiga ega bolalar ishtirok etdi.
Shveysariya tizimi boʻyicha yosh sportchilar 7 turda kuch sinashdi. Shuningdek, tadbirni yoritish maqsadida kelgan OAV vakillari ham oʻz mahoratini sinab koʻrish uchun shaxmat oʻynashga taklif etildi.
Intellektual bahs yakunida shaxmat boʻyicha turnir gʻoliblari — Muhammadzohid Suyarov, Akbarali Abduhakimov, Almas Sanetullayev, Asadbek Obidov, Feruzbek Sobirov, Sultonbek Nurullayev kabi ikki kategoriya gʻoliblariga korxona tomonidan sovgʻalar topshirildi. Bundan tashqari, Artel Oʻzbekistondan ikki nafar umidli yosh shaxmatchini qoʻllab-quvvatlab, Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda ishtirok etishini moliyalashtiradi.