HAMAS G'azodagi hokimiyatni topshirishga tayyorligini bildirdi

    Falastinning HAMAS radikal harakati G'azo sektori ustidan hokimiyatni Falastin milliy ma'muriyatiga topshirishga tayyorligini ma'lum qildi.

    Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

    Shu bilan birga, HAMAS bir shart qo'ydi: yangi ma'muriyatda xodimlar uchun ish o'rinlarini saqlab qolish yoki ularni kafolatlangan to'lovlar bilan nafaqaga yuborish.

    Qayd etilishicha, bu pozitsiya Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) harakatining maktubida o'z aksini topgan, deb xabar beradi lenta.ru.

    Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio G'azo sektorida tinchlik o'rnatish va HAMAS kelajagi haqida gapirgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, Falastin harakati “yo'q qilinishi kerak”.