Hamkorlikning yangi bosqichi

    Keyingi yillarda O'zbekiston va BMT o'rtasidagi hamkorlik ko'lami kundan kunga kengayib bormoqda.

    Ko'pqirrali hamkorliki tufayli turli sohalardan 140 dan ortiq hayotbaxsh loyihalarga muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 6 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo'yi mintaqasi ahosilini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun maxsus Trast fondi faoliyat yuritmoqda.

    O'zbekiston BMTning bir qator nufuzli tuzilmalariga saylandi va ularning ishida faol ishtirok etmoqda. Birgalikda global kun tartibiga oid, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, turizmni rivojlantirish, kambag'allikka va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha yirik xalqaro tadbirlar o'tkazilmoqda.

    Joriy yilning 19-sentyabr kuni N`yu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'zbek tilida nutq so'zladi. Davlatimiz rahbari dolzarb global va mintaqaviy muammolarga echim topish borasida ilgari surgan tashabbus va takliflari sessiya ishtirokchilari tomonidan yuksak baholandi.

    Prezidentimiz mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar haqida gapirar ekan, YAngi O'zbekistonni barpo etish siyosati qat'iy davom ettirilayotganligi hamda O'zbekiston “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g'oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo'lidan dadil ilgari borayotgani haqida ta'kidlab o'tdi.

    Shuningdek, Prezidentimiz o'z ma'ruzlarida yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat haqida ham to'xtalib o'tdilar. Jumladan, keyingi yillarda yurtimizda ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni alohida qayd etib o'tdilar.

    Ayniqsa, inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O'zbekiston o'z oldiga qo'ygan strategik vazifalardan biridir. Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta'limni kambag'allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz. Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to'pladi – ta'lim tizimi tubdan o'zgarmoqda. O'tgan olti yilda maktabgacha ta'limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta'limda esa 9 foizdan 38 foizga etdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog'chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o'quvchining biri esa oliygohda o'qishi uchun imkoniyat yaratilishi borasida aytgan fikr- mulohzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

    Shuningdek, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi tashabbuslari O'zbekiston uchun yangi yo'nalishlar, gorizontlar yaratilishiga xizmat qilmoqda hamda jahon hamjamiyati bilan yanada chuqurroq va samaraliroq hamkorlikka yo'l ochmoqda.

    N`yu-Yorkda bo'lib o'tayotgan BMT Bosh Assambleyasini siyosiy jihatdan yoritayotgan qator nufuzli xorijiy OAVlari ham Prezidentimizning ilgari surgan tashabbuslarini ijobiy baholab, bugungi kunga kelib O'zbekiston nafaqat O'rta Osiyoda, balki mintaqada ham hal qiluvchi liderlik rolini egallayotganini qayd etishmoqda.

    O'ktam SALOMOV,
    Farg'ona politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori.