Hamma hududlarda ham xizmatlar birdek rivojlanmayotgani qayd etildi. Misol uchun, Nukus tumanida oʻtgan yili 363 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatilib, 22 foizga oʻsgan. Lekin aholisi undan 2 baravar koʻp boʻlgan Guliston tumanida xizmatlar hajmi Nukus tumanidan 30 milliard soʻmga kam.

Yoki, Namangan shahrida jon boshiga toʻgʻri keladigan xizmatlar 13 million soʻmga ham yetmasligi (Jizzax shahrida – 33 million soʻm) haliyam “xufiyona iqtisodiyot” yuqoriligidan dalolat beradi.

Nishon, Yangiqoʻrgʻon, Narpayda IT xizmatlari ancha orqadaligi, Samarqand va Yangiyer shahri, Mirzaobod, Mirzachoʻlda moliyaviy xizmatlar hajmi pasaygani, Qarshi shahri, Jomboy, Urgut, Urganch, Uchtepa tumanlarida savdo oʻsmayotgani, Fargʻonaning 7 ta tumanida tibbiy xizmatlar hajmi qisqargani tanqid qilindi.

Hamma vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini koʻpaytirish boʻyicha har kuni izlanishda boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish, sohada 2,5 million odamni daromadli qilish boʻyicha katta marra olingan.