Avstriyaning “Tips total.regional” internet nashri xabariga ko‘ra, asli o'zbekistonlik 34 yoshli skripkachi Dmitriy Isakov joriy yilning sentabr oyidan mazkur lavozimdagi faoliyatini boshlaydi. Aytish joizki, kontsertmeysterlik lavozimi – bu orkestrda hal qiluvchi vazifalardan biri hisoblanadi.
“Yaqin kunlarda yangi kontsertmeysterimiz Dmitriy Isakovning taqdimot kontserti va biz bilan birgalikda Lints Brukner orkestridagi faoliyatini boshlashini sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deya xabar beradi internet nashri Brukner orkestri badiiy rahbari Norbert Travyoger so‘zlariga asoslanib.
Elektron nashrning yozishicha, Dmitriy Isakov kontsertmeysterlik lavozimiga ariza topshirgan 50 nafar talabgor orasidan tanlab olingan. 34 yoshli yuksak mahoratli skripkachi Maynts Musiqa universiteti va Frankfurt-Mayn Musiqa ijrochilik san'ati universitetlarida tahsil olgan. U orkestrda kontsertmeyster sifatida yuksak malakaga ega.
Musiqachi Germaniyaning Ol denburg Davlat filarmonik orkestrida kontsertmeysterning birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borishga ham ulgurgan.
Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston skripka maktabi tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchisi ko'pgina xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda qatnashgan, qator mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Xususan, u 2003-yil Frantsiyada Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan V Glazunov nomidagi tanlovda g‘olib sifatida e'tirof etilgan.