Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Maxima Masters” musobaqasi 2-bosqichida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda iqtidorli sportchi Begzod Qurbonov belgilangan yoʻnalishni muvaffaqiyatli bosib oʻtdi.

U toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan “Oltin tur” bahslarida King Cornett laqabli otida 3-oʻrinni egalladi, deyiladi Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabarida.