“Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi Qoʻqonda “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etadi

    Urbanizatsiya 11 Mart 2022 1499

    Fargʻona viloyati hokimligi hamda “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi oʻrtasida Qoʻqon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish boʻyicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv imzolandi.

    Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiya aʼzolari Koreya poytaxti Seuldagi “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi markaziy ofisida boʻldilar.

    Bu yerda kompaniya rahbariyati bilan uzoq davom etgan muzokaralar natijasida Qoʻqon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish boʻyicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv imzolandi.

    Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.” rahbari Choy Mun Kyu tomonidan imzolangan kelishuvga koʻra, Koreya kompaniyasi Qoʻqon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 5122 xonadondan iborat 127 ta koʻp qavatli turar-joy binosi, taunxauslar, markaziy park, maktab, bolalar bogʻchasi va boshqa zarur ijtimoiy obyektlardan iborat “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etadi. Turar-joylarning podval qismida 5 000 dan ziyod avtomobillar uchun yerosti avtoturargohlari oʻrin oladi.

    3 yillik reja asosida amalga oshiriladigan loyihaning ilk pilot bosqichida jami 206 ta xonadondan iborat 6 ta 9 qavatli turar-joy binosi qad rostlaydi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.