Haq evaziga birovning pullarini chegaradan olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    “Farxod” chegara bojxona posti orqali bojxona nazoratidan yashirib boshqa shaxsga tegishli boʻlgan naqd xorijiy valyutalarni maʼlum bir haq evaziga olib chiqishga boʻlgan urinish fosh etildi.

    Qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan ikki nafar yoʻlovchi bojxona nazoratidan oʻtayotgan vaqtida oʻz xatti harakatlari bilan bojxona xodimlarining eʼtiborini tortdi. Yoʻlovchilar belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida fuqaroning birida eginidagi kiyimining ichki choʻntagida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 460 ming hamda ikkinchi yoʻlovchida 730 ming Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.