U yerlarda ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan koʻmakka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishlarda ishtirok etdi.
Mazkur yigʻilishlarda tuman va shahar hududlarida istiqomat qilib kelayotgan hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini oʻrganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari toʻgʻrisida takliflar bildirildi va “Ayollar daftariga” kiritilgan hamda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan jami 1 806 nafar xotin-qizlardan 1 792 nafari bilan sayyor uchrashuvlar oʻtkazildi.
Qabul qilingan xotin-qizlarning 674 nafari yoki 37,6 foizi sud-huquq masalasida, 1 118 nafari yoki 62,4 foizi esa adliya va ijtimoiy-iqtisodiy boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etadi.
Jami sud huquq masalalaridagi 674 ta murojaatlardan 419 tasi yoki 62,2 foizi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 226 ta yoki 33,5 foiz murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi, 29 ta yoki 4,3 foiz murojaatlar boʻyicha shikoyat va arizalar qonuniy hal etish uchun qabul qilindi.
Hududlarda “Ayollar daftari”ga eng koʻp huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar kiritilgan Baxmal, Gʻallaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida sayyor qabullar tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy muammolarini ijobiy hal etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.
2021-yil men “Ayollar daftari”ga kiritilib, quyonchilik bilan shugʻullanish uchun kredit olmoqchi edim, lekin turli idoralar eshigini qoqib koʻp sarson boʻldim. Sudyalar tomonidan tashkillashtirilgan sayyor qabulga kelib masalamni aytganimdan keyin menga huquqiy tushuntirish berildi va men kredit evaziga tadbirkorligimni kengaytiradigan boʻldim, — deydi Jizzaxlik Nigora Nurmatova.
Bundan tashqari tuman Adliya boʻlimi va boshqa masʼul tashkilot va idoralar tomonidan ham “Ayollar daftari”ga kiritilgan va huquqiy yordamga muhtoj sifatida roʻyxati keltirilgan xotin-qizlarning ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, ularning barchasining murojaatlari joyida oʻrganilib, ularga tegishli tartibda huquqiy yordam koʻrsatilishi taʼminlangan. Yozma murojaatlarning 16 nafari mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, adliya boʻlimi va boshqa idoralar tomonidan qabul qilindi.
Tegishli rejaga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilib kelinyapti.
Jizzax viloyat sudi matbuot xizmati.