баннер
17 Apr 2025
01:11

    Har bir daqiqani gʻanimat bilib, qoʻyilgan katta marralarga mos ravishda ishni tashkil qilish kerak — Prezident

    Davlatimiz rahbari yigʻilishni yakunlar ekan, barcha mutasaddilarni yana bir bor ogohlantirdi.

    Banklar birinchi chorakda xorijdan 1,2 milliard dollar resurs jalb qildi. Buning yarmidan koʻpi 4 ta bankka toʻgʻri kelmoqda. Qolgan banklar ham bu boradagi ishini faollashtirishi muhim ekani taʼkidlandi.

    Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan faol ishlangani uchun ushbu mablagʻlarning koʻpi shu hududdagi loyihalarga toʻgʻri kelayapti.

    “Nima uchun qolgan hokimlar sifatli loyiha qilib, tayyor pulni ishlatmaydi?”, — deya savol qoʻydi Prezident.

    Endilikda banklar chetdan mablagʻ jalb qilishi bilan uni qanday loyihalarga, qancha muddatga va qaysi shartda berishi haqida hokimlarni xabardor qiladi. Hokimlar esa tadbirkorlar ishlab chiqqan tayyor loyihalarni toʻplab, banklarga taqdim etadi.

    Davlatimiz rahbari yigʻilishni yakunlar ekan, barcha mutasaddilarni yana bir bor ogohlantirdi.

    “Har bir daqiqani gʻanimat bilib, qoʻyilgan katta marralarga mos ravishda ishni tashkil qilish kerak”, — dedi Prezidentimiz.

    Yigʻilish davomida turizm sohasida namunali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech