Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti boʻladi

    36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi.

    Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti boʻladi.

    Rektorlar hamkorlik uchun xorijiy oliygohlarni tanlashda ular faoliyatiga toʻgʻri kelishini tahlil qilib, shoshma-shosharliksiz qaror qabul qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan hamkor davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi zarur.