“Har bir oila-tadbirkor” loyihalari ishga tushirilsa, 1 374 ta yangi ish oʻrni yaratiladi

    Biznes 10 Avgust 2020 1683

    “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 barobaridan yuqori boʻlgan loyihalar ishga tushirildi.

    Joriy yilning birinchi yarmida dastur doirasida qonunchilikda taqiqlanmagan yoʻnalishlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 barobaridan yuqori boʻlgan qiymati 48,4 milliard soʻmlik 13 ta loyihalar istiqbolli deb baholanib, ularga 28,7 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishi taʼminlanishi belgilandi.

    Bu loyihalar Toshkent viloyati (5 ta), Navoiy viloyati (4 ta), Qashqadaryo viloyati (3 ta) hamda Toshkent shahri (1 ta) amalga oshirilishi koʻzda tutildi.

    Loyihalarning 6 tasi yoki 46,1 foiziga Agrobank aksionerlik tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlari taqdim etilgan koʻrsatildi.

    Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida joylarda 1 374 ta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish imkoniyati yaratildi. Tikuvchilik yoʻnalishida faoliyat yuritilishi maqsadida tashkil etiladigan 4 ta loyihada 700 dan ortiq xotin-qizlarning bandligini taʼminlanadi.

    Dastur doirasidagi 1 000 barobaridan yuqori boʻlgan loyihalarning istiqbolligini tanlab olish va ularga kredit mablagʻlari ajratilishida:

    - birinchidan, kam taʼminlangan oilalarni qamrab olgan holda ularning daromad topishiga qaratilgan faoliyat yoʻnalishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilganligi;

    - ikkinchidan, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida belgilangan faoliyat turlariga mos kelishi;

    - uchinchidan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir darajasining yuqoriligi;

    - toʻrtinchidan, hududlarda kambagʻallikni qisqartirishda hissasi yuqori boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

    - 2020-yilning qolgan davrida dastur ijrosining natijadorligini taʼminlash va bu orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar ishlab chiqildi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.