«Koronavirus — sogʻliqni saqlash tizimining nafaqat imkoniyatlari va salohiyatini koʻrsatdi, balki mavjud kamchiliklarini ham ochib berdi.
Umumiy amaliyot shifokori oʻrniga oilaviy shifokor mutaxassisligini joriy qilishimiz zarur. Avvalgi yalpi, maqsadsiz patronaj oʻrniga hozir yangi patronaj tizimi yaratildi. Yaʼni ilgari faqat patronaj hamshiralar ishlagan boʻlsa, hozir tibbiy guruhlar tashkil qilindi.
2021-2023-yillarda olis hududlarda qoʻshimcha 315 ta qishloq vrachlik punkti va 85 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.
Telemeditsina rivojlantiriladi — har bir tumanda, tuman markaziy shifoxonalari qoshida maxsus jihozlangan xonalar yaratiladi va u yerda televizion uskunalar yordamida har kuni Respublika ixtisoslashagn markazlarining yetuk mutaxassislari tuman darajasida bemorlarga telekonsultatsiya oʻtkazishadi va davolash jarayoninini yaxshilashga yordam beradi».