Oʻtgan yili 11 ta davlat OTMlarining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda oʻqigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional taʼlimda ham, oʻtgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan boʻlsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.

Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmogʻidagi kasblarga malaka talabini oʻzi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga oʻrta maxsus, 30 foiziga oliy maʼlumot talab etiladigan tizim boʻlishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirliklar OTM va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida oʻzining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga eʼlon qilishi va yil yakunida natijalari boʻyicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.