Buning uchun viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi. Ular:

- har bir viloyatning “tashrif qogʻozi”ni ishlab chiqadi;

- Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;

- har bir viloyatning oʻzi uchun xos boʻlgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;

- festival va konsertlar oʻtkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham eʼlon qiladi.

Yigʻilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi.