Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasidan 1-sentyabrdan boshlab:
- yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi;
- sanoat korxonalariga 1 yil muddatgacha xorijiy valyutada 4 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada aylanma mablagʻ taqdim etiladi. Bunda, olib kelinadigan asbob-uskuna uchun 15 foizlik avans toʻlovlari ham jamgʻarma tomonidan kredit qilib beriladi;
- marketing, loyihalashtirish, xorijiy mutaxassis jalb qilish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismiga kompensatsiya toʻlanadi.
Bundan tashqari, sanoat ipotekasi tizimi yoʻlga qoʻyilib, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi.
Jumladan, har bir viloyatda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi.
Sanoat zonalarida ishlab chiqarish obyekti ishga tushirilib, investitsiya majburiyatlari bajarilgandan soʻng yer maydonlarini xususiylashtirishga ruxsat beriladi.