Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sunʼiy intellekt taʼlim dasturi asosida oʻquv dasturlarini yangilaydi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika oʻqituvchisi joriy yilda Yangi Oʻzbekiston universitetida ushbu dasturga oʻqitiladi. Ushbu mentor oʻqituvchilar oʻz hududidagi qolgan informatika oʻqituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.

Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sunʼiy intellekt boʻyicha yetarli bilim oladi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovida taʼlim, sunʼiy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim oʻzgarishi kabi sohalarda 7 ming oʻquvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.

Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.