Soʻnggi yillarda ichki turizmga eʼtibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi (2017-yilda 5 millionta edi).

Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar koʻp. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb eʼlon qilinadi.

Yoshlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblariga “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini sovgʻa qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Har yili ichki turizm targʻibotini kengaytirishga 20 milliard soʻm ajratiladi.

Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.