“Har qanday dezinfeksiya vositasi ushbu virus uchun oʻta xavfli. Boshqacha qilib aytganda, biz nima bilan tozalashimizdan qatʼi nazar, dezinfeksiya qilsak boʻldi”, — dedi u Rossiya-1 telekanalida “Vesti”ga bergan intervyusida.

Popova shuningdek, jismlarning yuza qismida koronavirus 48 soatgacha saqlanib qolishini eslatdi. Shuning uchun ularni namli va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalash dolzarbligicha qoladi.

Dastlab butun dunyo mutaxassislari hadiksiragandi, masalan, JSST tavsiyalarida ham virus yuza qismda bir necha kungacha faolligicha qoladi, va bunda uni 70 foizli spirt bilan tozalash mumkin, undan kami bilan emas deyilgandi.

Rossiyalik mutaxassislarning qoʻshimcha tadqiqotlari virus yuza qismda (zanglamaydigan poʻlat, linoleum, oyna, plastik, keramik plitka) 48 soatdan ortiqroq vaqtda saqlanib qolishini va bu xislatlar infeksiyaning yuqishi uchun yaxshigina manba boʻlib xizmat qilishini tasdiqlagandi. Bunda mazkur yuza qismlarni bir necha daqiqada virusdan tozalash mumkin.

“Vektor”da bir necha oʻnlab dezinfeksiyalovchi vositalar oʻrganib chiqildi: xlor, spirt va hokazolar. Natija shuni koʻrsatdiki, bu vositalar virusni tez va samarali yoʻq qiladi ekan. Xususan, 30 foizli etil va izopropil spirtlari ham hatto 30 soniyada millionlab virusni yoʻq qila oladi ekan. Tarkibida xlor boʻlgan qorishmalar ham shunday samara beradi ekan. Ular ham bir daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqtda virusni yoʻq qila oladi ekan.

“Virus juda ham nozik, u deyarli har qanaqangi dezinfeksiyalovchi vositalarga taʼsirli. Tarkibida spirt, xlor boʻlgan qorishmalarni qoʻllash mumkin. Bunday vositalar bilan jismlar yuza qismini artish kifoya. Qurigandan keyin bemalol jismdan foydalansa boʻladi. Virusga vodorod peroksidi ham taʼsir etadi. Hatto oddiy sovun eritmasi ham.Ular bilan qoʻl va jismlar yuzasini tozalasa boʻladi”, — dedi “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqot markazi direktorining fan boʻyicha oʻrinbosari, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir-aʼzosi Aleksandr Gorelov. U shuningdek, uy sharoitida oddiy aroq bilan ham jismlarni tozalash mumkinligini tushuntirdi. Uning aytishicha, havo va jismlarni virusdan tozalashda ultrabinafsha nurli chiroqlari nurlaridan foydalansa ham boʻlarkan. Faqat bunday chiroqlar yopiq shaklda boʻlishi kerak, yaʼni koʻz uchun zararsizligi taʼminlanishi kerak, — deya taʼkidladi ekspert.