Har yili 1000 dan ortiq mutaxassislar malaka oshiradi

    Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi “Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalari, axborot tizimining ishga tushirilishi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

    Anjumanda ushbu markaz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida Arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentyabrdagi PF-5834-son Farmoni, hamda 2019 20-sentyabrdagi PQ-4463-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qarori, hamda Ustav asosida olib borilgan ishlar, yaratilgan sharoit haqida maʼlumotlar berildi.

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilot va muassasalarning arxivchi va ish yurituvchi kadrlarini uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi lozimligi belgilangan.

    Ushbu Markazda 2019-yil 310 ta, 2020-yil 327 ta, 2021-yil 975ta, joriy yil 506 ta tinglovchi malaka oshirgan.

    Oʻquv kurslarda vazirlik, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va ularning tasarrufidagi tashkilotlarning devonxona, idoraviy arxiv faoliyati, ijro intizomi, kadrlar ishiga masʼul xodimlar, ish yurituvchi, kotib xodimlar malakasini oshirishga moʻljallangan.

    Markazning rejasiga binoan har yili 1000 dan ortiq mutaxassislar malaka oshiradi.

    Oʻtgan davrdagi ish tajribasi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, oʻquv kurslar boʻyicha yoʻnalishlar belgilangan. Har bir yoʻnalish 40 akademik soatlik oʻquv kursida 32 akademik soatlik nazariy va 8 akademik soatlik amaliy mashgʻulotlardan tashkil topgan.

    Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi va Markaz raxbariyati, Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

    Hasan Abdunazarov