Harakatlar strategiyasi natijalari haqidagi yangi platforma ishga tushdi

    Raqamlashtirish 6 Oktabr 2021 1667

    “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va SMTI mutaxassislari tomonidan Reforms.uz yagona elektron platformasi ishga tushirildi.

    Unda islohotlar natijalari haqida sodda va tushunarli shaklda batafsil maʼlumotlar keltirilgan.

    Platforma orqali 2017-2020-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan oʻzgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

    Shuningdek, oʻtgan besh yil mobaynida erishilgan natijalar qiyosiy tarzda — bundan oldingi yillar, yaʼni Strategiya ijrosi boshlanishidan avvalgi holat bilan taqqoslangan.