Izohli lug‘atda harbiy-ilmiy faoliyatda qo‘llaniladigan 1 ming 230 ta atamani o‘zida jamlagan. Bunda atamalarning kelib chiqishi, maʼno-mohiyati qisqa va tushunarli tarzda ifoda etiladi.
Izohli lug‘atning yutuqlaridan biri shundaki, unda harbiy xizmatchilarni o‘zaro jipslashtiruvchi, ularda birodarlik hissi, ona Vatanga bo‘lgan sadoqatni mustahkamlovchi atamalarga alohida urg‘u berib o‘tilgan.
Eng muhimi, izohli lug‘at bilan yaqindan tanishgan kishi, avvalo, ko‘p qo‘llaniladigan harbiy atamalar, qurol-yarog‘, jang olib borish usullari, harbiy unvonlar, harbiy tuzilmalar va boshqa turli yo‘nalishdagi so‘zlarning maʼno-mohiyatiga chuqurroq kirib boradi, o‘z bilimini yana-da boyitadi.








