Unda dunyoning 36 mamlakatidan 292 nafar harbiy xizmatchi charm qoʻlqop ustalari ishtirok etib, gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy bokschilari jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallash bilan yakunladilar. Vakillarimiz 7 ta medalni qoʻlga kiritdi. Shularning 3 tasi oltin!
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz gʻolib va sovrindor boʻldi:
Oltin medallar:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov;
+91 kg: Lazizbek Mullojonov;
-75 kg: Mavluda Mavlonova.
Kumush medal:
-64 kg: Mujibillo Tursunov.
Bronza medallar:
-51 kg: Aziza Yoqubova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-69 kg: Navbahor Hamidova, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.