Harbiy OTMga tanlash tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda:
fuqaro yoshlar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda,
harbiy xizmatchilar uchun — oʻz xizmat oʻtash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
▫️hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
▫️yakka tartibda suhbatlashish;
▫️birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda 1-apreldan 31-mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi
va oʻtkaziladi:
▫️individual-psixologik oʻrganish;
▫️umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
▫️yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (harbiy okrug hududida joylashgan harbiy gospitallarda).
Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni davlat test sinovlarini iyul-avgust oylarida boʻlgan muddatda respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalariga oʻtkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda Davlat test markazi tomonidan joylarda oʻtkaziladi.