Reuters xabariga asoslanib Ukrinform tarqatgan axborotda aytilishicha, samolyot maktabning sport zaliga kelib urilgan. Yaxshiyamki, pandemiya tufayli maktab yopilgani uchun u yerda hech kim boʻlmagan. Faqat koʻchadan ketayotgan yoʻlovchi va ikki uchuvchi hayotdan koʻz yumgan.
Xabarda taʼkidlanicha, uchuvchilar samolyotdan sakrashlari mumkin boʻlgan, lekin ular harbiy mashinani aholi yashaydigan joydan uzoqroqqa olib ketish uchun sakrashmagan.