Harbiy-vatanparparlik ruhidagi tadbirlar tanlov asosida baholanadi

    Harbiy 10 Iyun 2020 4372

    “YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” Vazirlar Mahkamasi qarori (369-son, 10.06.2020 y) qabul qilindi.

    Qaror bilan YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo'yicha tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

    Unga ko'ra:

    • tanlov Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma'muriy sektorlari o'rtasida har yili 1 yanvardan 20 dekabrgacha sxema asosida o'tkaziladi;
    • harbiy-ma'muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 1 sanasigacha elektron ko'rinishda harbiy-ma'muriy sektor rahbarining elektron raqamli imzosi bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etiladi;
    • tanlov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo'yicha tashkiliy ishchi guruh tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi;
    • O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashkiliy ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi;
    • tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarning mas'ul shaxslari ishchi organ faoliyatida o'z takliflari bilan ishtirok etish huquqiga ega;
    • tanlov natijalari har yili yanvar` oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o'tkaziladigan tantanali tadbirda e'lon qilinadi va g'oliblar taqdirlanadi.