Harbiy xizmatchilar qoʻl jangi sporti boʻyicha bellashdi

    Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha huquq-tartibot idoralari harbiy xizmatchilari oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi.

    Musobaqada Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiya terma jamoalarining 50 dan ziyod sportchisi 9 ta – 55, 60, 65, 70, 75, 80, 85, 90, +90 kilogramm vazn toifalarida oʻz kuchlarini sinab koʻrdi.

    Ichki ishlar vazirligi jamoasi 3 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. 3 oltin, 2 kumush, 1 bronza medal bilan Davlat xavfsizligi xizmati jamoasi ikkinchi, 2 oltin, 1 kumush, 4 bronza medal bilan Mudofaa vazirligi jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.