баннер
27 Apr 2025
03:28

    Harbiy xizmatchilarga turar-joyni ijaraga olganlik uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

    “Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (214-son, 09.04.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, harbiy xizmatchilarga turar-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlab beriladigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshirildi. Bunda pul kompensatsiyasi miqdorlariga quyidagicha oʻzgartirish kiritildi:

    • — Toshkent shahrida — BHMning 4,8 baravarigacha;
    • — Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3,6 baravarigacha;
    • — respublikaning boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — BHMning 2 baravarigacha.

    Shuningdek, 2025-yil 1-iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlari asosida uy-joy bilan taʼminlanadigan, kalendar hisobida 10-yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joyning hisoblangan qiymati 35 foizi miqdorida belgilandi.

    Oldin mazkur miqdor barcha uchun 25 foizni tashkil etgan.

    Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va nogironligi boʻlgan harbiy xizmatchilarni birinchi navbatda turar joy bilan taʼminlash, agar ular uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan taʼminlangan boʻlsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit boʻyicha hisoblangan foizlar Davlat byudjeti hisobidan toʻliq qoplab beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech