Sirdaryo viloyat hokimi, harbiy-maʼuriy sektor rahbari Akmaljon Maxmudaliyev, Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Zokirjon Sayfuddinov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yigʻilganlarni bayram bilan qutlab, keyingi yillarda milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati