Prezident qaroriga koʻra, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar tarkibidan boʻlgan OHTM kursantlarining oʻqish davrida quyidagilarni olish huquqlari bekor qilindi:

Jumladan, berilgan harbiy unvonlar boʻyicha maoshi;

oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama;

maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama;

qoʻshinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;

uzluksiz harbiy xizmati uchun bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti; moddiy yordam.