Harbiylarga yangi uylar topshirildi

    Soʻnggi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shu bilan birga, mamlakatimizda harbiylarga oʻz xizmat vazifalarini bekamu koʻst ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir.

    Qoʻshkoʻpir tumanining “Gʻazovot” chegara postida xizmat qilayotgan harbiylarga yangi uylar kalitini topshirish marosimi katta bayramga aylandi. “Ergash duradgor xususiy qurilish korxonasi qisqa fursatlarda qurib bitkazgan 10 ta xonadonga moʻljallangan zamonaviy turar-joylarda barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

    Tantanada tuman hokimi, harbiy qismlar komandirlari tarkiblari ishtirok etishdi. Tuman madaniyat uyi sanʼatkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

    Roʻzimboy HASAN,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri