Haroratingiz balandmi? Paratsetamol yoki aspirin qabul qilishga shoshilmang !

    Salomatlik 26 May 2020 1774

    Agar insonda koronavirus kechayotgan bo'lsa bunday dorilarni qabul qilish xavflidir.

    Bu haqda ukrainalik virusolog olima, biologiya fanlari nomzodi Nadejda Jolobak “Vechernyaya Moskva” portaliga bergan interv`yusida to'xtalib o'tdi. Olima o'z chiqishida, shuningdek, koronavirusga chalinganlar uchun qabul qilish xavfli bo'lgan dori vositalarini sanab o'tdi. Bu dorilar deyarli har bir xonadonning dori qutisida doimiy topiladigan preparatlardir. Ular paratsetamol, aspirin, yallig'lanishga qarshi nosteroid vositalar guruhiga kiruvchi ibuprofen vol`taren, diklofenak va naproksen kabi shifo vositalaridir.

    -Bu dorilar inson organizmini virusga yanada ta'sirchanroq qiladi, infektsiyaning o'pkaga oson kirishi uchun sharoit yaratadi. Bundan italiyalik va frantsiyalik tadqiqotchilar tajribasi darak bermoqda, -deydi virusolog Nadejda Jolobak.

    SHifokor, shuningdek, paratsetamolni qabul qilishdan ogohlantirgan, chunki, uning koronavirusga ta'siri oxirigacha o'rganilmagan.

    Mutaxassis tana harorati ko'tarilganda o'zini davolash bilan shug'ullanmay shifoxonaga murojaat qilishni tavsiya qilgan. Ko'rilgan choralar samaradorligi dorilarning to'g'ri tayinlanganiga bevosita bog'liq. Bunda esa faqatgina shifokor yordam berishi mumkin.