U bu qadamni o‘ziga qarshi ko‘chirmachilik va universitetda antisemitizmga qarshi kurash yo‘qligi bo‘yicha ayblovlar fonida qo‘ygan. 

"Men sizlarning ko‘plaringiz bilan bu buyuk universitetni asrlar davomida rivojlantirgan akademik yuksaklikka sadoqatni ilgari surish bo‘yicha ishlash imkoniyatini mamnuniyat bilan qabul qildim. Ammo (Harvard universitetini boshqaruvchi) korporatsiya aʼzolari bilan maslahatlashgandan so‘ng, Harvard manfaatlarini himoya qilish uchun men isteʼfoga chiqishim kerakligi maʼlum bo‘ldi. Shunda bizning hamjamiyatimiz alohida shaxslarga emas, balki institutga eʼtibor qaratib, ushbu favqulodda qiyin vaziyatni yengib o‘tishi mumkin", — deyiladi Gayning bayonotida.

Klodin Gay 2023-yil iyulidan buyonHarvard universiteti prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. So‘nggi oylarda olimaga nisbatan tanqidlar kuchaydi, chunki u o‘z ilmiy nashrlarida manbalarga havolalarni to‘g‘ri qo‘ymaydi. Oxirgi bunday ayblovlar 1 yanvar kuni The Washington Free Beacon konservativ onlayn-nashrida paydo bo‘ldi. The New York Times gazetasining yozishicha, nashr so‘nggi bir necha hafta ichida Gayga qarshi kampaniya olib borgan.