Hasanboy amaldagi chempionni medalsiz qoldirdi

    Sport 10 May 2023 1260

    Hasanboy Doʻsmatov Jahon chempionatining chorak finalida yaponiyalik raqibga qarshi ringga koʻtarildi va 4:3 hisobida gʻalabaga erishdi.

    Jahon chempionatining chorak final janglari yurtimiz vakillari yuqori notada boshladi.

    Xususan, Hasanboy Doʻsmatov -51 kg vazn toifasining amaldagi chempioni yaponiyalik Tomoya Suboini magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi.

    Muxlislar bugun ringga koʻtariladigan barcha bokschilardan mana shunday yorqin gʻalabalar kutib qoladi.