Oʻzbekistonlik bokschi deyarli hamma narsaga erishib boʻlganini aytar ekan, agar erishish qolgan narsa boʻlsa, bu faqatgina professional boksda jahon chempioni boʻlishini taʼkidlagan, deb yozadi nashr.
«Men barcha unvonlarga erishib boʻldim, barcha turnirlarda gʻolib chiqdim. Ikki karra Olimpiya chempioni hamda Vel Barker kubogi sohibiman. Ehtimol bu orqali havaskor boks tarixidagi oxirgi bokschiga aylangandirman.
Agar men erishmoqchi boʻlgan biror yutuq boʻlsa, bu professional ringda jahon chempioni boʻlishdir. Men minimal vazn toifasida WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni unvoniga majburiy daʼvogarman. Jamoam bilan chempion bilan jang oʻtkazish imkoniyatini muhokama qilyapman», dedi 31 yoshli Hasanboy Doʻsmatov.