Hasanboy Do'smatov ikkinchi bor Olimp cho'qqisida!

    Sport 9 Avgust 2024 386

    Olimpiya o'yinlarining boks musobaqalarida vazni 51 kilogrammgacha bo'lgan hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov tarixi natija qayd etdi.

    Hasanboy ushbu vazn toifasidagi final jangida frantsiyalik Billal Bennamaga qarshi jang qildi va mazkur bellashuvda bokschimiz g'alaba qozonib, o'zining faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi.


    Shu tariqa O'zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 3 ta oltin va 2 bronza medaliga etdi.