Hasanboy Doʻsmatov kechagi gʻalabasi uchun qancha gonorar qoʻlga kiritgani maʼlum boʻldi

    Hasanboy Doʻsmatov kechagi gʻalabasi uchun 350 000 dollar gonorar qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy telegram kanalida maʼlum qilindi.

    Eng yengil vazn toifasidagi bokschimiz Hasanboy Doʻsmatov kecha Toshkentda oʻtkazilgan «IBA Chempionlar oqshomi»ning markaziy jangida ringga chiqqan edi.

    Oqshomning markaziy jangida ishtirok etgan Doʻsmatovga Ispaniya vakili Samuel Karmona raqiblik qildi.

    IBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda ochkolar hisobiga koʻra zafar quchgan Doʻsmatov avval eʼlon qilinganidek, 350 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega boʻldi.